7 dekabr kuni BAAning Air Arabia kompaniyasi «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirdi. Aviakompaniya parvozlarni yo‘lga qo‘yish uchun 2020 yilning sentabrida ruxsatnoma olgan edi. Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Airbus-320−214 havo kemalarida amalga oshiriladi.
Air Arabia kelgusi yilda Abu-Dabi tayanch aeroportidagi loukosterlar sonini 2 baravarga ko‘paytirmoqchi. Shunga muvofiq, kompaniya Samarqand yoki Buxoro shaharlariga muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin. Kelgusida esa Abu-Dabi — Toshkent o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 7 martagacha oshirish kutilmoqda.
BAAning Air Arabia kompaniyasiga «Abu-Dabi — Toshkent — Abu-Dabi» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting